Maxfiylik siyosati
Oxirgi yangilanish: 2-noyabr, 2026
Yurist tekshiruvidan oldingi versiya
Bu matn xizmat qanday ishlashini oddiy tilda tushuntiradi. Yurist tekshirgach, yakuniy tahrir shu sahifada eʼlon qilinadi.
Bu siyosat Medbor mobil ilovasi, Medbor sayti va Medbor Telegram boti (bundan keyin — xizmat) foydalanuvchilarining shaxsiy maʼlumotlari qanday yigʻilishi, ishlatilishi va himoya qilinishini tushuntiradi. Xizmatdan foydalanib, siz shu siyosatga rozilik bildirasiz.
1. Maʼlumotlar operatori
Xizmat operatori — Medbor. Yuridik shaxs rekvizitlari (nomi, manzili, STIR) roʻyxatdan oʻtkazilgach shu yerda eʼlon qilinadi. Shaxsiy maʼlumotlar boʻyicha murojaatlar uchun:
2. Qanday maʼlumot yigʻiladi
Telefon raqamingiz va Telegram ID; profil maʼlumotlari (ism, tugʻilgan sana, jins — oʻzingiz kiritsangiz); oila aʼzolari profillari; qabullar tarixi; klinika bilan yozishmalar va yuborgan fayllaringiz; shifokor yozgan tibbiy yozuvlar; sharhlaringiz; AI maslahatchiga yozganlaringiz; push bildirishnomalar uchun qurilma tokeni. Joylashuvingiz faqat yaqin klinikalarni saralash uchun ishlatiladi va saqlanmaydi.
3. Telegram orqali kirish
Ilovaga parolsiz, Telegram orqali kirasiz: Medbor boti telefon raqamingizni soʻraydi va kirishni tasdiqlaydi. Biz telefon raqamingiz va Telegram ID ni saqlaymiz; bemor paroli yaratilmaydi va saqlanmaydi. Klinika xodimlari panelga telefon raqami, parol va Telegram kodi bilan kiradi.
4. Qabulga yozilish
Qabulga yozilganingizda tanlangan klinika ismingiz, telefoningiz, qabul vaqti va xizmatni koʻradi. Toʻliq telefon raqamingiz xodimlarga faqat qabul faol paytida koʻrinadi. Tibbiy yozuvlarni faqat siz va davolovchi shifokoringiz koʻradi; boshqa klinika shifokori — faqat siz bergan ruxsat bilan, ruxsatni istalgan payt bekor qilasiz. Klinika rahbari tibbiy maʼlumotni koʻrmaydi. Xodimning tibbiy maʼlumotga har bir murojaati audit jurnaliga yoziladi.
5. AI maslahatchi
AI maslahatchiga yozgan matningiz (va rasmingiz) ism, telefon va manzil olib tashlangandan keyin tashqi AI provayderlariga — Groq va Google Gemini (AQSh) — yuboriladi. AI tashxis qoʻymaydi va shifokor oʻrnini bosmaydi. AI suhbatlari 30 kun saqlanadi, keyin oʻchiriladi.
6. Push bildirishnomalar
Bildirishnomalar Google Firebase Cloud Messaging va Telegram orqali yuboriladi. Bildirishnoma matnida tibbiy maʼlumot boʻlmaydi — faqat umumiy xabar.
7. Analitika va cookie
Sayt va ilovada reklama kuzatuvi va analitika xizmatlari ishlatilmaydi. Brauzerda faqat ishlash uchun zarur maʼlumotlar (masalan, tanlangan til va mavzu, kirish sessiyasi) saqlanadi. Klinika reklamasi uchun faqat koʻrishlar va bosishlar soni hisoblanadi, shaxsiy maʼlumotsiz. Texnik xatoliklar haqidagi hisobotlardan shaxsiy maʼlumotlar olib tashlanadi.
9. Saqlash muddati
Maʼlumotlar akkauntingiz faol ekan saqlanadi. Akkauntni oʻchirsangiz, 30 kun ichida ilovaga qayta kirib uni tiklashingiz mumkin; keyin ism, telefon raqami, Telegram ID, tugʻilgan sana va jins oʻchiriladi. Qabullar tarixi va tibbiy yozuvlar shaxsingizga bogʻlanmagan holda klinika hisobi uchun qoladi. AI suhbatlari 30 kun saqlanadi.
10. Sizning huquqlaringiz
Siz maʼlumotlaringizni ilovada koʻrishingiz va tuzatishingiz, tibbiy yozuvlarga bergan ruxsatni bekor qilishingiz va akkauntni oʻchirishingiz mumkin (ilovada yoki saytdagi «Akkauntni oʻchirish» sahifasida). Boshqa soʻrovlar uchun quyidagi manzilga yozing.
11. Aloqa
Savollar, murojaatlar va maʼlumotlaringiz boʻyicha soʻrovlar uchun: