Asosiy qismga oʻtish
Medbor

Foydalanish shartlari

Oxirgi yangilanish: 2-noyabr, 2026

Yurist tekshiruvidan oldingi versiya

Bu matn xizmat qanday ishlashini oddiy tilda tushuntiradi. Yurist tekshirgach, yakuniy tahrir shu sahifada eʼlon qilinadi.

Bu shartlar Medbor mobil ilovasi, sayti va Telegram botidan foydalanish qoidalarini belgilaydi. Xizmatdan foydalanib, siz shu shartlarga rozilik bildirasiz.

1. Xizmat nima

Medbor bemorlarni klinikalar bilan bogʻlaydi: klinika qidirish, qabulga yozilish, klinika bilan yozishish va tibbiy tarixni bir joyda saqlash. Medbor tibbiy muassasa emas: tibbiy xizmatni klinika koʻrsatadi va uning sifati uchun klinika javob beradi. Klinikalar haqidagi maʼlumotni (manzil, ish vaqti, xizmatlar, narxlar) klinikalarning oʻzi beradi.

2. Akkaunt

Ilovaga Telegram orqali, oʻz telefon raqamingiz bilan kirasiz va akkauntingiz orqali qilingan harakatlar uchun oʻzingiz javob berasiz. Voyaga yetmaganlarni qabulga ota-onasi «Oila» boʻlimi orqali yozadi. Qoidalarni buzgan akkaunt bloklanishi mumkin. Akkauntni istalgan payt ilovada yoki saytda oʻchirishingiz mumkin.

3. Qabulga yozilish va bekor qilish

Qabulga kamida 30 daqiqa oldin va koʻpi bilan 30 kun oldin yozilish mumkin. Klinika soʻrovni tasdiqlaydi, rad etadi yoki boshqa vaqt taklif qiladi — sizga xabar keladi. Javob berilmagan soʻrov qabul vaqti oʻtgach avtomatik bekor boʻladi. Qabulni ilovadagi «Qabullarim» boʻlimidan bekor qilishingiz mumkin. Qabulga kelmasangiz, u «Kelmadi» deb belgilanadi.

4. AI maslahatchi

AI maslahatchi umumiy maʼlumot beradi, tashxis qoʻymaydi va shifokor oʻrnini bosmaydi. Uning javobiga qarab oʻzingizni davolamang — shifokorga murojaat qiling. Shoshilinch holatda darhol 103 raqamiga qoʻngʻiroq qiling.

5. Toʻlovlar

Qabul uchun toʻlov klinikaning oʻzida, klinika belgilagan narxda amalga oshiriladi. Saytdagi narxlar klinika bergan maʼlumot; yakuniy narxni klinika xizmat koʻrsatilgach belgilaydi. Onlayn toʻlov qoʻshilsa, uning shartlari shu yerda eʼlon qilinadi.

6. Reklama va sharhlar

Klinikalar pullik joylashtirish orqali qidiruv natijalarida yuqoriroq koʻrinishi mumkin. Bunday klinika doim «REKLAMA» belgisi bilan koʻrsatiladi. Reyting va sharhlarni pul evaziga oʻzgartirib boʻlmaydi: sharhni faqat qabuli yakunlangan bemor qoldiradi, klinika xodimlari esa oʻz klinikasiga sharh yoza olmaydi.

7. Javobgarlik

Medbor xizmat uzluksiz ishlashiga harakat qiladi, lekin texnik uzilishlar boʻlmasligiga kafolat bermaydi. Tibbiy xizmat, uning sifati va narxi uchun uni koʻrsatgan klinika javob beradi. Klinikalar bergan maʼlumot uchun klinikalar, sharhlar uchun ularning mualliflari javob beradi.

8. Shartlarning oʻzgarishi

Shartlar va maxfiylik siyosati oʻzgarishi mumkin. Oʻzgarishlar shu sahifada eʼlon qilinadi va «Oxirgi yangilanish» sanasi yangilanadi. Oʻzgarishdan keyin xizmatdan foydalanishda davom etsangiz, yangi shartlarga rozi boʻlgan hisoblanasiz.

9. Aloqa

Savollar va murojaatlar uchun: